O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qarori

LOMBARDLAR FAOLIYATI VA OPERATSIYALARINI AMALGA OSHIRISH QOIDALARINI TASDIQLASH TO’G’RISIDA

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 10-dekabrda 1290-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]

O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunining 50-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-sentabrdagi 402-son «O‘zbekiston Respublikasi hududida lombardlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ular faoliyatini litsenziyalash masalalari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:

  1. Lombardlar tomonidan faoliyat va opyeratsiyalarni amalga oshirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.

Markaziy bank raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi M.R. JUMAGALDIYEV

Toshkent shahri,

2003 yil 22 sentyabr,

№ 23/4

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2003-yil 22-sentabrdagi 23/4-son qaror bilan
«TASDIQLANGAN»

Lombardlar tomonidan faoliyat va opyeratsiyalarni amalga oshirish

Mazkur qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-sentabrdagi 402-son «O‘zbekiston Respublikasi hududida lombardlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ular faoliyatini litsenziyalash masalalari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, fuqarolarga qisqa muddatli kreditlar byerish va mol-mulkni saqlashga qabul qilish tartibini belgilaydi.

I. Umumiy qoidalar

  1. Lombardlar shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkni zaklad shaklida garovga qabul qilib, fuqarolarga qisqa muddatli (uch oydan oshmagan muddatga) kreditlar byeradi.

Lombardlar tijorat banklaridan kreditlar, yuridik shaxslardan va jismoniy shaxs-ta’sischilardan qarz mablag‘larini jalb etishga haqli. Bunda, jami jalb etilgan mablag‘lar hajmi (qoldiq) haqiqatda shakllantirilgan Ustav fondi miqdoridan oshmasligi kyerak.

  1. Lombardlar shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkni saqlashga qabul qilishga haqli.
  2. Lombard o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan byeriladigan lombard faoliyatini amalga oshirish huquqini byeruvchi litsenziya asosida amalga oshirishga haqli.

Lombard qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan faoliyatni qonunchilikda belgilangan tartibda byeriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi asosida amalga oshirishga haqli.

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan amalga oshiriladigan opyeratsiyalarning xususiyatlari qonunchilik bilan belgilanadi.

  1. Lombard, pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat taqdim etilganda, fuqarolar bilan shartnomalar tuzadi.

Lombard, zarur bo‘lgan hollarda, garovga yoki saqlashga topshirilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni yoki boshqa dalillarni talab qilish huquqiga ega.

  1. Lombard tomonidan garovga yoki saqlash uchun mol-mulkni qabul qilish, shuningdek, garovga qo‘yilgan mol-mulkka undiruvni qaratish Fuqarolik kodeksi va «Garov to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi.

Lombard tomonidan qabul qilingan mol-mulk, lombardga tegishli bo‘lgan barcha to‘lovlar qoplanganidan so‘ng egasiga qaytarilishi mumkin.

  1. Lombarddan ashyolarni olish huquqini boshqa shaxslarga topshirish, faqat mulk egasining o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomasidan boshqasiga ruxsat etilmaydi.
  2. Lombard garovga yoki saqlovga qo‘yilgan ashyolardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga haqli emas.

Garovga yoki saqlash uchun topshirilgan mol-mulk yo‘qolganda, agar yo‘qotish engib bo‘lmas kuch oqibatida yuz byerganligini isbotlay olmasa, lombard garov pattasi yoki saqlash pattasida ko‘rsatilgan narx bo‘yicha uning qiymatini mol-mulk egasiga qaytarishi shart.

Garovga yoki saqlash uchun topshirilgan mol-mulkka zarar etkazilgan holda, agar etkazilgan zarar engib bo‘lmas kuch oqibatida yuz byerganligini isbotlay olmasa, lombard mol-mulk egasiga, tomonlar kelishuviga ko‘ra, mulkiy zararni garov pattasi yoki saqlash pattasida ko‘rsatilgan mol-mulk narxidan oshmagan qiymatda to‘lashi shart.

  1. Lombard opyeratsiyalarni ushbu Qoidalar, opyeratsiyalarni o‘tkazish umumiy shartlari to‘g‘risidagi qoidalar va ichki qoidalarga muvofiq amalga oshiradi.

Opyeratsiyalar o‘tkazilishining umumiy shartlari to‘g‘risidagi qoidalar lombardning yuqori boshqaruv organi tomonidan ushbu Qoidalar asosida tasdiqlangan bo‘lishi va quyidagi ma’lumot hamda tartiblarni o‘z ichiga olishi kyerak:

  • byeriladigan kreditlarning chegaralangan summasi va muddatlari;
  • byeriladigan kreditlar bo‘yicha haq stavkalarining chegaralangan miqdori;
  • kreditlar bo‘yicha haq olish shartlari;
  • lombard tomonidan olinadigan ta’minotga talablar;
  • mol-mulkni saqlashga qabul qilish qoidalari;
  • ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun stavkalar va tariflar;
  • lombard va uning mijozlarining huquq va majburiyatlari, ularning javobgarligi vujudga kelishi shartlari;
  • garovga byeruvchi garov pattasini yo‘qotganida, dublikat byerish tartibi;
  • lombardning yuqori boshqaruv organi opyeratsiyalar o‘tkazish umumiy shartlariga kiritilishi zarur deb hisoblagan boshqa shartlar, talablar va cheklashlar.

81. Lombard tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tarif va narxlar faqat milliy valyutada belgilanadi.

9. Opyeratsiyalarni o‘tkazishning umumiy shartlari ochiq ma’lumotlar hisoblanadi va ular tijorat siri predmeti bo‘lishi mumkin emas. Opyeratsiyalar o‘tkazishning umumiy shartlari to‘g‘risidagi qoidalar lombardning mijozlari uchun qulay va ko‘rinarli joyga o‘rnatilishi kyerak.

10. Lombardning ichki qoidalari lombardning yuqori boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanishi va quyidagilar belgilanishi lozim:

  • lombardning tuzilishi, uning vazifalari, funksiyalari va vakolatlari;
  • rahbar va bosh buxgaltyerning huquq va majburiyatlari;
  • lombardning mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan lombard nomidan va uning hisobidan bitimlarni amalga oshirishdagi vakolatlari.

II. Kreditlarni rasmiylashtirish va byerish tartibi

  1. Garov asosida kreditning byerilishi lombard bilan fuqaro o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasi va garov shartnomasi asosida amalga oshiriladi.

Lombardda mol-mulklar garovga qo‘yilishi to‘g‘risidagi shartnoma lombard tomonidan 1-ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha garov pattasining byerilishi bilan rasmiylashtiriladi.

  1. Lombard undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulkni garovga qabul qilishga haqli emas.
  2. Bir shaxsga byerilishi mumkin bo‘lgan kreditlar summasi va soni, ularning byeriladigan muddatlari, shuningdek, kreditlardan foydalanish uchun to‘lovlar hajmi tomonlarning kelishuviga asosan belgilanadi.
  3. Kredit olish uchun lombardga garovga topshiriladigan mol-mulk tomonlar kelishuviga asosan baholanadi.
  4. Lombard quyidagilarni bajarishi shart:
  • garov narsasini saqlash uchun choralar ko‘rishi;
  • garov narsasi yo‘qolishi xavf-xatari paydo bo‘lganligi yoki shikast etkazilganligi to‘g‘risida garovga qo‘yuvchiga darhol xabar byerishi;
  • kredit shartnomasining shartlari garovga qo‘yuvchi yoki uchinchi shaxs tomonidan bajarilganida, garov narsasini darhol qaytarishi;
  • garovga qabul qilingan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga o‘xshash va shunday sifatli ashyolarning narxlariga mos bahodagi to‘liq summasida o‘z hisobidan garovga qo‘yuvchi foydasiga sug‘urtalashi;
  • garovga qo‘yuvchining talabiga asosan kredit shartnomasidan kelib chiqqan majburiyatlarning garovga qo‘yuvchi yoki uchinchi shaxs tomonidan qisman yoki to‘liq bajarilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma byerishi.
  1. Lombardda ashyolar garovi bilan ta’minlangan kredit summasi belgilangan muddatda qaytarib byerilmagan taqdirda, lombard notariusning ijro yozuvi asosida imtiyozli bir oylik muddat o‘tganidan keyin garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish uchun belgilab qo‘yilgan tartibda ushbu mol-mulkni sotishga haqli.

Shundan keyin hatto garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotishdan tushgan summa talablarni to‘liq qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmasa ham, lombardning garovga qo‘yuvchiga (qarzdorga) talablari bekor bo‘ladi.

  1. Garovga qo‘yilgan ashyolarni sotishdan tushgan summa, agar shartnomada boshqa hollar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, kredit, kredit bo‘yicha foizlar, neustoyka, ijro muddati o‘tganligi natijasidagi zararlarni qoplash, shuningdek, saqlash va sug‘urta uchun to‘lov, garovga olingan mol-mulkning sotilishi bo‘yicha xarajatlarni qoplashga qaratiladi.
  2. Agar garovga qo‘yilgan mol-mulkning sotilishidan tushgan summa lombardning talablari miqdoridan oshsa, tafovuti garovga byeruvchiga to‘lanadi.
  3. Lombardning talablari me’yoridan oshgan va garovga qo‘yilgan mol-mulkning sotilish kunidan uch yil davomida talab qilib olinmagan summa, lombardning ixtiyorida qoladi.

III. Lombard tomonidan mol-mulklarni saqlash uchun qabul qilish tartibi

    1. Lombardga saqlash uchun fuqarolardan shaxsiy iste’mol uchun mo‘ljallangan ko‘char mol-mulklar (ashyolar) qabul qilinishi mumkin. Lombardda ashyolarni saqlash shartnomasi lombard tomonidan yuk topshiruvchi (mijoz)ga 2-son ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha egasining nomi yozilgan saqlov pattasi byerish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
    2. Lombardga topshiriladigan ashyo taraflarning kelishuvi bilan saqlash uchun qabul qilish paytida va joyida odatda savdoda shu turdagi va sifatdagi ashyoga belgilanadigan narxlarga muvofiq baholanishi kyerak.

    Lombard saqlashga qabul qilgan ashyolarni ularning to‘liq baholanadigan summasida mijoz foydasiga o‘z hisobidan sug‘urtalashi shart.

    1. Agar, mijoz tez alangalanadigan, portlash xavfi bo‘lgan yoki o‘zi tabiatan xavfli ashyolarni saqlashga topshirish vaqtida ularning xususiyatlari to‘g‘risida lombardni ogohlantirmagan bo‘lsa, lombard ashyolarni topshirgan mijozga ko‘rilgan zararlarini qoplamagan holda, ularni xohlagan vaqtda xavfsizlantirish yoki yo‘q qilishi mumkin. Mijoz lombardga va uchinchi shaxslarga ushbu ashyolarni saqlash natijasida etkazilgan zararlarni qoplashga javobgardir.
    2. Mijoz ashyoni qaytarib olishdan bosh tortgan holatda, lombard ushbu ashyolarni uch oy muddat ichida saqlashi kyerak. Uch oy o‘tgandan so‘ng talab qilib olinmagan ashyolarni lombard mazkur Qoidalarning 16- bandida o‘rnatilgan tartibda sotishi mumkin.

    Ashyolar sotuvidan tushgan summadan saqlash bo‘yicha va lombardga tegishli boshqa to‘lovlar qoplanadi. Qolgan summa saqlov pattasini egasiga, uni taqdim qilganda, lombard tomonidan qaytarib byeriladi.

  1. IV. Lombardning qonunchilik talablarini buzganligi uchun javobgarligi

    1. Markaziy bank lombardlar faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartib va asoslarga ko‘ra tekshirishi mumkin. Lombardlar Markaziy bank vakolatli vakillarining qonuniy talabiga ko‘ra tekshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumot va hujjatlarni taqdim etishi, ularni tekshiruv obyektlariga kirib-chiqishlarini ta’minlashi, ularning majburiyatlari ijrosida amaliy yordam ko‘rsatishi shart.

    Markaziy bankning vakolatli vakillari tekshirish jarayonida olingan lombard faoliyatiga oid tijorat siri va boshqa sir bo‘lgan ma’lumotlarini oshkor etganligi uchun javobgar bo‘ladi.

    1. Lombardlar ushbu Qoidalar talablarini bajarmaganliklari uchun qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.