yandex
Moneychangerrembrandt

Lombard (Italiyaning Lombardiya viloyati nomi bilan) — ixtisoslashgan tijorat tashkiloti boʻlib, asosiy faoliyati fuqarolarning koʻchar mulki garovi bilan qisqa muddatli kreditlar berish va buyumlardan saqlashdan iborat..

Lombardlar xizmatlaridan doimo zodagonlar foydalangan. 1492-yilda Ispaniya qirolichasi Izabella I o’zining olmos tojini garovga qo’ygan. Shunday qilib, u Xristofor Kolumbning Amerikaga ekspeditsiyasini moliyalashtirdi.

XV asrda Fransiyada Lombardiyadan kelgan sudxo’rlar tomonidan mulk garov ostida kreditlar tashkil etilgan.

16-asrda birinchi munitsipal lombardlar dastlab Nyurnbergda, keyinroq boshqa shaharlarda paydo boʻlgan.

17-18-asrlarda shahar lombardlari “aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari” vazifasini bajargan. Ular kreditlardan shahar aholisini ochlikdan yoki yakuniy halokatdan qutqarish uchun foydalanishgan. Shunday tariqa ularni o’g’irlik va boshqa jinoiy daromad usullaridan himoya qilishgan.

19-asrda “poyabzal lombardlari” deb ataladiganlar paydo bo’lgan, u yerga ishchilar o’zlarining marosimlarga kiyiladigan pozafzallarini dushanba kunlari topshirishgan. Juma kuni esa haftalik maosh olib, poyabzallarni qayta sotib olib,ziyofatlarga borishgan.

Rossiyada birinchi lombard 1888-yilda Vologda shahrida shahar dumasi ko’magida tadbirkor va filantrop X. S. Ledentsov tomonidan ochilgan. Uning nizomi boshqa MDH davlatlarida lombardlar tashkil etishda namuna bo‘ldi.

2003-yil 10-dekabrda O‘zbekistonda “Lombardlar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, lombardlar biznesning alohida turi sifatida belgilandi.